Rossiya armiyasining 5-mart kuni kechqurun Ukrainaning Krivoy Rog shahriga bergan zarbasidan to‘rt kishi halok bo‘ldi. Kamida 31 odam jarohatlangan, ularning orasida 14 kishining ahvoli avval og‘ir. Bu haqda harbiy ma’muriyat rahbari Sergey Lisak va shahar meri Aleksandr Vilkul payshanba kuni ma’lum qildi.
Raketadan "Sentralniy" mehmonxonasining binosi jiddiy shikastlangan. Shuningdek, o‘ndan ortiq ko‘p qavatli uylar, pochta binosi, do‘konlar va avtomobillarga zarar yetgan. Qutqaruv ishlari tuni bilan davom etdi.
Ukraina prezidenti Vladimir Zelenskiyning bayonotiga ko‘ra, Rossiya zarba bergan mehmonxonaga insonparvarlik tashkiloti ko‘ngillilari – Ukraina, AQSH va Britaniya fuqarolari joylashgan edi. Ukraina lideri ular havfsiz joyga chiqib ulgurgani uchun omon qolganini bildirdi.
Shuningdek Sumiga urilgan dron zarbalari natijasida yana bir kishi halok bo‘lgan. Dronlardan biri shahar chetidagi omborga tegkan. ASTRA kanali harbiy ma’muriyatga tayanib, halok bo‘lgan shaxs ehtimol, u yerda qorovul bo‘lib ishlaganini yozdi.
Shu kuni Xarkovda dron ko‘p qavatli uyga tegib, ikki kishi jabrlangan.
Rossiya odatda Ukrainaga urgan zarbalarga izoh bermaydi.