Линклар

Шошилинч хабар
06 март 2025, Тошкент вақти: 23:08

IIV ortidan Bosh prokuraturada yangi tayinlovlar


O‘zbekiston Ichki ishlar vazirligi
O‘zbekiston Ichki ishlar vazirligi

O‘zbekiston prezidenti farmoni bilan Dilmurod Qosimov bosh prokuror o‘rinbosari etib tayinlandi, deb ma’lum qildi BP matbuot xizmati.

Dilmurod Qosimov 2003-2017-yillarda prokuratura organlarida turli lavozimlarda ishlagan. 2017-yildan buyon esa prezidentning tadbirkorlik subyektlarining huquqlari va qonuniy manfaatlarini himoya qilish bo‘yicha vakili (biznes-ombudsman) lavozimida ishlab kelayotgan edi.

2023-yil noyabr oyidan buyon Navoiy viloyati prokurori vazifasida faoliyat yuritayotgan Azamat Mirzayev esa Toshkent viloyati prokurorligiga o‘tkazildi. U 2023-yil avgustidan buyon Toshkent viloyati prokuraturasini boshqargan Sirojiddin Eshquvvatov o‘rnini egallagan. Eshquvvatovning keyingi taqdiriga oydinlik kiritilmagan.

Ozodlik 3-mart kuni Po‘lat Bobojonov ichki ishlar vaziri lavozimidan bo‘shatilib, uning o‘rniga Toshkent shahar IIBB boshlig‘i lavozimida xizmat qilib kelgan Aziz Toshpo‘latov tayinlangani haqida xabar bergandi.

Bo‘shab qolgan poytaxt IIBB boshlig‘i kursisini 2023-yil avgust oyidan buyon Xorazm viloyati IIB boshlig‘i lavozimida ishlab kelayotgan Ravshan Sultanxo‘jayev egallagan.

25-fevral kuni Botir Qudratxo‘jayev bosh prokuror o‘rinbosari – harbiy prokuror lavozimidan ozod etilib, favqulodda vaziyatlar vaziri lavozimiga tayinlangandi.

4-mart kuni prezident qarori bilan Qudratxo‘jayevga ikki yangi o‘rinbosar tayilangan.

Xurshid Sotiyev endilikda FVVo‘rinbosari – favqulodda vaziyatlar profilaktikasi departamenti boshlig‘i, Nuriddin Qodirov esa FVV o‘rinbosari – ma’naviy-ma’rifiy ishlar va kadrlar bilan ta’minlash departamenti boshlig‘i vazifasini bajaradi.

Prezident Mirziyoyev 5-mart kuni korrupsiyaning oldini olishga doir yig‘ilishda ma’lum qilishicha, favqulodda vaziyatlar vaziri va uning o‘rinbosarlari “qurilishga ruxsat berish, binoni topshirishda yong‘in xavfsizligi bo‘yicha byurokratiya va qonun buzilish ko‘payib ketgani” sabab ishdan olingan.

XS
SM
MD
LG