Линклар

Шошилинч хабар
06 март 2025, Тошкент вақти: 20:06

"Tozalashning davomi". Ichki ishlar vaziri Po‘lat Bobojonov lavozimidan olindi


Po‘lat Bobojonov qiynoqlar bilan bog‘liq vaziyatni yaxshlay olmagani uchun tanqid qilingan.
Po‘lat Bobojonov qiynoqlar bilan bog‘liq vaziyatni yaxshlay olmagani uchun tanqid qilingan.

3-mart kuni prezident Shavkat Mirziyoyev Ichki ishlar vaziri Po‘lat Bobojonovni ishdan oldi.

Ammo prezident matbuot xizmati xabarida Aziz Toshpo‘latovni O‘zbekiston Ichki ishlar vaziri etib tayinlash haqidagi farmon keltirilgan, xolos. Bobojonovni lavozimdan ozod qilish haqidagi farmon matni hozircha hech qayerda e’lon qilingani yo‘q.

IIV rahbariyatidagi iste’fo va tayinlov sababi haqida ham rasmiy ma’lumot yo‘q.

Xabarda aytilishicha, Aziz Toshpo‘latov nomzodi oldinroq Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputatlari tomonidan ma’qullangan.

Toshkent shahar Ichki ishlar bosh boshqarmasi boshlig‘i lavozimida ishlab kelgan Toshpo‘latov bunga qadar IIV vaziri o‘rinbosari ham bo‘lgan.

2017-yildan buyon Ichki ishlar vaziri lavozimini egallab kelgan Po‘lat Bobojonovning keyingi taqdiri haqida rasmiy ma’lumot yo‘q. Ozodlik manbalari uning Prezident administratsiyasiga o‘tkazilganini aytmoqda.

Алламжоновга суиқасд: ДХХ раиси ишдан олинди, “терговга тўсқинликлар”
Илтимос кутинг

Айни дамда медиа-манба мавжуд эмас

0:00 0:19:19 0:00

"Tozalash"lar

O‘tgan yil noyabrida Ichki ishlar vazirligi va Toshkent shahri IIBBning qator yuqori lavozimli va tezkor xodimlari ishdan bo‘shatilgandi.

Ozodlik manbalari bu iste’folar prezident administratsiyasi sobiq mulozimi Komil Allamjonovga uyushtirilgan suiqasdga bog‘liq ekanini aytishgan.

O‘tgan hafta O‘zbekiston Harbiy sudi suiqasd ishi doirasida Toshkent shahar IIBB boshlig‘ining sobiq o‘rinbosari Doniyor Tashxodjayevni 7 yil qamoq jazosiga mahkum qilgan.

Yana 9 kishi 18,5 yildan 13 yilgacha ozodlikdan mahrum qilingan. Ular orasida prezident davlat xavfsizlik xizmati va IIVning sobiq yuqori martabali mulozim va tezkor xodimlari bor.

O‘zbekiston Oliy sudi yopiq o‘tgan mahkama tafsilotlari hamda suiqasd motivlarini ochiqlamagan.

Ozodlik ixtiyorida Po‘lat Bobojonovning iste’fosini Allamjonovga suiqasd bilan bog‘lovchi ma’lumot yo‘q, ammo huquq-tartibot idoralaridagi Ozodlik manbalari buni aynan suiqasddan kuch tizimlarida boshlangan "tozalash"ning davomi demoqda.

Ularning taxminicha, boshqa kuch tuzilmalari, shuningdek, Oliy sudda ham o‘zgarishlar bo‘lishi kutilmoqda.

Suiqasd ortidan DXX raisi Abdusalom Azizov, shuningdek, DXX O‘z Xavfsizligi boshqarmasi rahbari va xodimlari ishdan bo‘shatilgandi.

Bu iste’folarning birontasi rasman o‘tgan yil 26-oktyabrida Qibrayda sodir etilgan suiqasdga bog‘lanmagan.

Prokuraturadan chiqqan va Karimov boshqaruvi davrida bir muddat Xorazm viloyati hokimi lavozimida ishlagan 65 yashar Po‘lat Bobojonovning IIVga rahbarligi davrida tizim qiynoqlar bilan bog‘liq mojarolar markazida bo‘ldi.

Huquq faollari Ichki ishlar to‘g‘risida uzoq kutilgan qonun qabul qilinganidan ko‘p o‘tmay vazir lavozimiga tayinlangan Bobojonovni qiynoqlar bilan bog‘liq vaziyatni o‘zgartira olmagani uchun tanqid qilishgan.

Birgina joriy yil fevral oyida ikkita shunday hodisa qayd etilgan. Jumladan, Toshkent viloyati hududida joylashgan 7-son jazoni ijro etish koloniyasida jazo muddatini o‘tagan mahkum Mustafa Tursinbayev devor bosib qolishi oqibatida vafot etgan.

Toshkent viloyati Olmaliq shahridagi 14-sonli koloniyadan esa 21 yashar mahkum Muhammadqodir Po‘latovning jasadi chiqqan.

ИИВ ўз ходимлари маҳбусни қийнаб ўлдирганини рад этди, Бош прокуратура иш очди
Илтимос кутинг

Айни дамда медиа-манба мавжуд эмас

0:00 0:02:05 0:00

Shuningdek, faollar tizimda Karimov davridagi qiynoqlar uchun mas’ul ko‘rilgan sobiq Ichki ishlar vaziri, hozirda vazir maslahatchisi lavozimini egallagan general Zokir Almatovning ta’siri saqlanib qolayotganini aytishadi.

IIBdagi qator shubhali o‘lim hodisalari ortidan O‘zbekistondagi jamoat faollari Po‘lat Bobojonovning iste’fosini talab qilishgandi. Vazirning o‘zi bu kabi chaqiriqlar va faollarning tanqidlariga hech qachon rasmiy munosabat bildirmagan. U mahalliy jurnalist va blogerlarning matbuot bilan ochiq muloqot qilish haqidagi chaqiriqlarini ham javobsiz qoldirgan.

Bobojonovning iste’fosiga munosabat bildirgan jurnalist Muhrim A’zamxo‘jayev IIV rahbariyatdagi o‘zgarish tizimda biron o‘zgarishga olib kelishi mumkinligini savol ostiga oldi.

"Eski vazirga e’tirozlar keragidan ortiq edi (masalan, hibsxonalardagi har bir o‘limning o‘zi qayta va qayta iste’foga arzirdi). Shuning uchun bugungi iste’fo yig‘ilib qolgan e’tirozlarning sabr tog‘orasidan toshib chiqqani oqibati emas (zotan, allaqachon toshqin boshlanib bo‘lgandi), balki 23–24-noyabrdagi tozalash tadbirining chala qolgan qismi bo‘lsa kerak. Shunday ekan, ichki ishlar organlarining og‘ir karvoni o‘z yo‘lida, hech bir o‘zgarishsiz tub tomon harakat qilishda davom etaveradi, deb taxmin qilish mumkin", deb yozdi jurnalist o‘zining Telegram-kanalida.

"Худо урган". ИИВ фуқарони уриб ўлдиргани иддао қилинган ходимларни ҳимоя қилмоқда
Илтимос кутинг

Айни дамда медиа-манба мавжуд эмас

0:00 0:05:15 0:00

XS
SM
MD
LG