Mirziyoyev Parijda. Faollar Makrondan O‘zbekistondagi so‘z erkinligi masalasini ko‘tarishni so‘ramoqda

Prezident Emmanuel Makron va prezident Shavkat Mirziyoyev. Parij, 9-oktyabr, 2018.

Prezident Emmanuel Makron O‘zbekiston rahbari Shavkat Mirziyoyev bilan muzokaralarda O‘zbekistondagi so‘z erkinligi vaziyati xavotirli tarzda yomonlashayotgani va ijtimoiy tarmoqlarda mustaqil sharhlovchilar ta’qib etilayotgani masalasini ko‘tarishi kerak. Bu chaqiriq Markaziy Osiyoda inson huquqlari assotsiatsiyasi (AHRCA), Inson huquqlari bo‘yicha xalqaro hamkorlik (IPHR) va Norvegiya Xelsinki qo‘mitasi (NHC) tomonidan 11-mart kuni yoyinlangan qo‘shma murojaat dan o‘rin olgan.

Islohotlar o‘tkazish borasidagi rasmiy majburiyatlarga qaramay, O‘zbekiston rasmiylari rejim tanqidchilarining ovozini o‘chirishga majbur qilish uchun jinoiy ta’qib va hatto majburiy psixiatrik muolajadan foydalangan holda, so‘z erkinligiga bosim o‘tkazishni davom ettirishmoqda. Korrupsiya, nepotizm yoki siyosiy jihatdan dolzarb bo‘lgan boshqa masalalarni yoritayotgan mustaqil jurnalistlar, blogerlar va ijtimoiy tarmoqlardagi sharhlovchilar ta’qib-tazyiq, hibsga olinish va qamalish xatari qarshisida qolishlari mumkin”, deyiladi murojaatnomada.

Браузерингиз HTML5 ни қўллаб- қувватламайди

"Аҳмедов иши" - Франция суди қарори қамоқдан қутқаролмади

Parijdagi “Chegara bilmas muxbirlar” tashkiloti o‘tgan yilgi matbuot erkinligi indeksida O‘zbekistonni 180 davlat orasida 148-o‘ringa qo‘ygan. Bu 2023-yildagidan 11 pog‘onaga pastdir.

Huquq faollari qatag‘onlarga oid iddaolari isboti uchun O‘zbekistonda psixiatrik muolaja suiiste’moliga oid ikki holatni ― 62 yoshli huquqbon Shohida Salomova hamda O‘zbekistonning Xitoy bilan aloqalarini tanqid qilgan va demokratik o‘zgarishlarga chaqirgan bloger Valijon Kalonov voqeasini misol o‘laroq keltirishgan.

Murojaatnoma mualliflari Salomova va Kalonov sog‘lig‘idan chuqur xavotir izhor qilishgan.

Браузерингиз HTML5 ни қўллаб- қувватламайди

Мирзиёев Парижда: Макрон билан музокаралар ва Луврга ташриф


Ular prezident Makrondan Mirziyoyev bilan muzokaralar markaziga inson huquqlari masalasini qo‘yish, xususan, O‘zbekiston prezidentini mustaqil huquqbonlar, blogerlar va ijtimoiy tarmoq sharhlovchilarini ta’qib qilishni to‘xtatishga O‘zbekistonni fuqarolarga o‘z fikrini erkin ifoda qilish erkinligi, adolatli sudlov huquqi, erkinlik va xavfsizlik huquqi hamda qiynoq va ayovsiz muomaladan holi bo‘lish huquqi doxil inson huquqlari sohasidagi o‘z xalqaro majburiyatlariga rioya qilishga chaqirishni so‘rashgan.

Fransiya anchadan buyon matbuot erkinligi va inson huquqlari himoyasi uchun chiqishlar qilib keladi. Bu tashrif mazkur tamoyillarni tasdiqlash va ovozi bo‘g‘ilganlarni himoya qilish uchun ajoyib imkoniyat taqdim etmoqda. Biz prezident Makronni O‘zbekistonning mustaqil ekspertlari bilan hamjihat ekanini namoyish qilishga hamda inson huquqlari Fransiya-O‘zbekiston aloqalarining markaziy unsuri bo‘lib qolishini ta’minlashga chaqiramiz”, deya urg‘ulashgan xalqaro huquqbonlik tashkilotlari vakillari.

Mirziyoyev bunga qadar 2018-yil oktyabr va 2022-yil noyabr oylarida Parijda rasmiy tashrif bilan bo‘lgan edi. Uning Fransiyaga so‘nggi tashrifi arafasida huquq faollari Parijning Sent-Ogyusten maydonida norozilik aksiyasi o‘tkazishib, jamoatchilik e’tiborini O‘zbekistondagi sud-huquq tizimidagi ahvolga qaratishgandi.

O‘shanda ular prezident Mirziyoyevning Karimovdan qolgan sud-huquq tizimini isloh qilishga oid va’dalarini hanuzgacha bajarilmay qolayotganini urg‘ulashgan edi.