O‘zbekiston oltin sotib olish bo‘yicha yana birinchi bo‘ldi

O‘zbekiston, oltin. Illyustratsiya.

Joriy yil yanvar oyida O‘zbekiston jahon bo‘yicha oltinning eng yirik xaridori bo‘ldi.

Butunjahon oltin kengashi (World Gold Council) tahlillariga qaraganda, O‘zbekiston Markaziy banki 8 tonna sof oltin sotib olgan. Shu tariqa uning oltin zaxirasi salkam 391 tonnaga yetgan. Bu umumiy zaxiralarning 82 foizini tashkil etadi.

Oltinning asosiy xaridorlari uchligidan Xitoy (5 tonna) hamda Qozog‘iston (4 tonna) ham o‘rin oldi.

Ekspertlarga ko‘ra, markaziy banklarning oltinga bo‘lgan katta qiziqishi saqlanib qolmoqda. Geosiyosiy xatarlar ortishi fonida ushbu strategik ma’danga bo‘lgan talab yanada ortmoqda.

Браузерингиз HTML5 ни қўллаб- қувватламайди

Ўзбек олтин конлари сувтекинга сотилмоқдами?

O‘zbekiston o‘tgan yillarda ham oltin sotib olish bo‘yicha dunyoda birinchi o‘rinni egallagani ma’lum.